“Quyichirchiq hokimi qonunni buzgan”. Oliy sud hokimning shikoyatini asossiz deb topdi 

Jamiyat

image
Mendan ketguncha... Bosh prokuratura quyichirchiqlik fermer ishi Oliy sudda ekanini aytmoqda north_east

Mendan ketguncha... Bosh prokuratura quyichirchiqlik fermer ishi Oliy sudda ekanini aytmoqda

Quchichirchiqlik fermer Akmalxo‘ja Tursunxonovning 380 gektarlik yeri Quyichirchiq tuman hokimi tomonidan noqonuniy tortib olingani haqida xabar bergan edik. Maqolada tadbirkorning yeri tortib olingani yetmagandek, Oliy sud qarori ham tuman hokimi tomonidan bajarilmay kelinayotgani bayon etilgan. 

Ushbu masala yuzasidan dastavval, Adliya vazirligidan ma’lumot oldik. Ma’lumotga ko‘ra, Quyichirchiq tuman hokimligiga ogohnoma hamda Toshkent viloyat prokuraturasiga tuman hokimligining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish haqida xat kiritilgan. Hozircha Adliya vazirligiga tuman hokimligi, Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan qanday javob berilgan bizga qorong‘u. 

Vazirlikning tezkor munosabatidan so‘ng, Bosh prokuratura tomonidan tuman hokimiyatining bergan javobiga o‘xshash ma’lumot berilgan edi. Unda ish Oliy sudda ko‘rilayotgani aytilgan.  

Mazkur masala yuzasidan Oliy sud Matbuot xizmati ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, hokim bergan shikoyat asossiz deya qaytarib yuborilgan. 

“Tuman hokimining 2019 yil 12 apreldagi 1305-sonli qarori bilan “Guliston Agro Fayz” fermer xo‘jaligi foydalanishida bo‘lgan yer maydonini tuman hokimligi zaxiraga qaytarib olishda qayd etilgan qonun normasi talablari buzilgan. Ya’ni, fermer xo‘jaligi bilan tuman hokimligi o‘rtasida tuzilgan 2014 yil 14 yanvardagi va 2018 yil 21 noyabrdagi yer ijara shartnomalari sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinmagan, ijara shartnomalari qonuniy kuchda bo‘lgan holatda yer maydoni tuman zaxirasiga qaytarib olinib, fermer xo‘jaligining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan.

Birinchi va apellyatsiya instansiya sudlari ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu holatlarga huquqiy baho bermasdan, moddiy va protsessual huquq normalarini noto‘g‘ri qo‘llab, arz qilingan talabni rad etish haqida noto‘g‘ri xulosaga kelgan”, deyiladi Oliy sudning rasmiy ma’lumotida.
Ma’lumot so‘nggida aytilishicha, tuman hokimi Akmal Xolmurodovning Oliy sudning 2019 yil 8 noyabrdagi qarorini bekor qilish to‘g‘risida protest kiritish va ishni Oliy sud rayosatiga o‘tkazish to‘g‘risidagi shikoyatini qanoatlantirishga asos mavjud emas, deya hisoblangan.

Oliy sudning ushbu bayonotidan so‘ng, zora Quyichirchiq tumani hokimi Akmal Xolmurodov qarorni ijro etib, yerni o‘z egasiga qaytarib bersa... Fermer haydab, tayyor qilib qo‘ygan 380 gektar yerini ekin ekishga tayyorlarmidi?


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi Oliy sud fermer Quyichirchiq Akmalxo'ja Tursunxonov

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing