Maqola izidan: Adliya tuman hokimligiga ogohnoma, viloyat prokuraturasiga xat kiritgan
Jamiyat
−
18 yanvar 2020
7870Kecha, 17 yanvar kuni tahririyatimiz tomonidan quyichirchiqlik fermer Akmalxo‘ja Tursunxonovning 380 gektar yerini hokimiyat tomonidan noqonuniy tortib olingani va hali-hanuz qaytarib berilmayotgani haqida maqola e’lon qilingan edi. Tanqidiy maqolada nizo yuzasidan fermer tomoniga Oliy sud qarori chiqarilgan bo‘lsa-da, hokimiyat tomonidan ijro qilinmayotgani va prokuratura ham bunga ko‘z yumayotgani bayon etilgan edi.
Tadbirkor masala yuzasidan Oliy sud raisiga, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaga, Adliya vaziri Ruslan Davletovga va Yoshlar ittifoqiga murojaat etgani va natija hamon bo‘lmayotgani haqida ma’lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva tashkilot ma’lumotini taqdim etdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2019 yil 8 noyabrdagi qarori bilan Quyichirchiq tuman hokimining 2019 yil 12 apreldagi 1305-son qarori haqiqiy emas deb topilgan. Ushbu qarorning ijrosi ta’minlanmayotganligidan norozi bo‘lib, “Guliston Agro Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Akmalxo‘ja Tursunxonov Adliya vazirligiga murojaat yo‘llagan.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib borgan. Natijada Quyichirchiq tuman hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining qarori ijrosini ta’minlash haqida ogohnoma hamda Toshkent viloyat prokuraturasiga tuman hokimligining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish haqida xat kiritilgan”, deyiladi rasmiy xabarda.
Mazkur axborotdan tushunish mumkinki, Quyi chirchiq tuman hokimligi nafaqat Oliy sud qarorining ijrosini, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan berilgan ogohnomani ham e’tiborsiz qoldirmoqda. Toshkent viloyati prokuraturasiga kiritilgan adliya boshqarmasi xatining taqdiri ham qorong‘uligicha qolmoqda.
LiveBarchasi