Qo‘shtepani “Tolibon”ning qurolli bo‘linmasi qo‘riqlaydi

Olam

image

“Tolibon” Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus bo‘lim tashkil etganini bildirdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bo‘linma Afg‘onistondagi to‘g‘onlarni, milliy loyihalarni, ta’lim muassasalarini, banklar va tijorat markazlarini himoya qiladi. 

“Ushbu bo‘lim Qo‘shtepa kanalini himoya qilish maqsadida Milliy jamoat muhofazasi agentligining umumiy maqsadi ostida ishlaydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 oktyabr kuni “Tolibon” Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanalining birinchi qismi qurib bitkazilgani va loyihaning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. Ayni paytda kanalning uchdan bir qismi qurib bitkazildi, bu qurilish ishlari rejadagidan ancha oldinda borayotganini anglatadi. 

Ikkinchi bosqichda kanalning 177 km uzunlikdagi qismini qurish rejalashtirilgan. Uchinchi bosqich qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘ylab subkanallarni taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Kanal qurilishi Afg‘oniston davlat kompaniyasiga yuklangan. Loyihaning umumiy qiymati 684 million dollarni tashkil etadi. Kompaniya vakillarining aytishicha, bu loyiha xorijlik mutaxassislar yordamisiz amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Qo'shtepa kanali Qo'shtepa qurolli bo'linma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing