Qo‘shnilarning hujumlariga toqat qilmaymiz – “Tolibon”
Olam
−
25 aprel 2022
43314Afg‘oniston qo‘shnilarining bosqinlariga “toqat qilmasligi mumkin”. Bu haqda “Tolibon” harakati hukumatida Afg‘oniston Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Yoqub ma’lum qildi.
“Biz dunyodan ham, qo‘shnilarimizdan ham muammo va sinovlarga duch kelmoqdamiz, bunga Kunardagi hududimizga qilingan hujum yaxshi misol bo‘la oladi. Biz bosqinga chiday olmaymiz, bu hujumga chidadik. Biz bunga milliy manfaatlar tufayli chidadik, keyingi safar bunday bo‘lmasligi mumkin”, deya ogohlantirgan Yoqub.
Joriy yilning 15 aprel kuni “Tolibon” rasmiylari Pokiston harbiy-havo kuchlari Afg‘onistonning Xost va Kunar viloyatlariga havo zarbalari bergani, oqibatda 50 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, so‘nggi paytlarda Afg‘onistondan Pokiston xavfsizlik kuchlariga hujumlar tez-tez sodir bo‘layotgani sababli yangi afg‘on rasmiylaridan ikki davlat chegarasida xavfsizlikni ta’minlashni talab qilgan.
LiveBarchasi