Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

Qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kilolik narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo, Namangan, Andijon viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan qariyb 8 kilogrammlik narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xususan, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi fuqaro va uning Termiz shahrida istiqomat qiluvchi jinoiy sherigi 3 kilogramm 849 gramm “opiy” moddasini Samarqand viloyatining Samarqand tumanida sotish maqsadida olib kelgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi muqaddam tojikistonlik narkokurer tomonidan Denov tumani hududiga kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan.

Namangan viloyatining Pop tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Chust tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, uning salon qismiga yashirib qo‘yilgan 2 kilogramm 436 gramm “gashish” moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam tojikistonlik narkokurerlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududiga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu giyohvandlik vositasini olib, qaytayotgan bo‘lgan.

Boshqa holatda esa “Namangan-Andijon” yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomashina Andijon shahrida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qirg‘iziston fuqarosi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsga tegishli 1 kilogramm 702 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan Namangan viloyatiga olib kelgan ushbu narkotik moddani Andijon shahrida sotishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan narkokurerlar qo‘lga olinib, ular olib kelgan jami 47,2 kilogramm narkotik moddalar musodara qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Namangan Andijon gashish giyohvandlik vositalari opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing