“Yangi Toshkent” Davronjon Odilovga topshirildi
Jamiyat
−
07 avgust 2023
12554Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Davronjon Qobiljonovich Odilov ”Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori lavozimiga tayinlandi. Shu bilan birga u vazir o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qolgan.
Ma’lumot uchun, Davronjon Odilov Prezidentning 2021 yil 14 yanvardagi qarori bilan, 2019 yil sentyabridan buyon qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Sherzod Hidoyatovning o‘rniga tayinlangan edi. U mazkur tayinlovga qadar Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ”Gold Step Invest” MCHJ direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, Sardobadagi toshqindan so‘ng, Odilov faoliyat olib borayotgan MCHJga Sirdaryo viloyatidagi ”Do‘stlik” mahallasida 37 ta ko‘p qavatli uy qurish topshirilgan. Shundan so‘ng, u 2020 yilning avgust oyida Prezident farmoni bilan ”Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Madaniyat va turizm vazirligi Madaniyat vazirligiga aylantirilgani va Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Prezident qarori bilan Sherzod Qudbiyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan edi. Shu munosabat bilan u Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etilgandi.
LiveBarchasi