Yangi Toshkentdan poytaxt tumanlari va viloyatlarga 100 gektardan yer beriladi (video)

Jamiyat

−

image

Yangi Toshkentdan poytaxtning har bir tumaniga va mamlakatning qolgan 13 ta hududiga 100 gektardan maydon ajratiladi. Bu haqda bugun, 12 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Bildirilishicha, yangi imkoniyatlarni faqat poytaxt tadbirkorlari bilan cheklamaslik uchun Yangi Toshkentdan poytaxtning har bir tumaniga 100 gektardan hudud biriktirilgan. Endi tuman hokimlari o‘z tadbirkorlari bilan ishlab, yangi loyihalarni shu maydonlarga olib kelishi kerak. 

Xuddi shunday mamlakatning qolgan 13 ta hududiga ham 100 gektardan maydon ajratiladi. U yerlarda amalga oshirilgan investitsiyalar tegishli viloyat yoki poytaxt tumanining ko‘rsatkichlarida hisobga olinadi. 

Biriktirilgan hududlardagi yerlar bo‘yicha birinchi auksionda faqat o‘sha viloyat yoki tuman tadbirkorlari qatnashadi. 

Prezident Yangi Toshkent butun mamlakat ishbilarmonlari uchun yangi imkoniyat maydoniga aylanishi lozimligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing