Kapitalning, ilg‘or g‘oyaning va halol mehnatning millati yo‘q! – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
13:09 350 2 daqiqa
Kapitalning, ilg‘or g‘oyaning va halol mehnatning millati yo‘q. Bu haqda bugun, 12 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan o‘tkaziltgan ochiq muloqotda gapirdi.
Muloqotda Prezident sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirgan.
“Kapitalning, ilg‘or g‘oyaning va halol mehnatning millati yo‘q!”, deydi davlat rahbari va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi g‘oya – “O‘Z” falsafasini ilgari surgan.
“O‘Z” – O‘zbekiston, O‘zgarish, O‘zlik va Mas’uliyat degani. Kimki O‘zbekistonga sarmoya kiritib, zamonaviy texnologiya olib kelsa va odamlarga ish o‘rni yaratsa, qaysi mamlakat yoki shahardan kelganidan qat’i nazar, umumiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.
«Kimki Yangi Toshkentni yoki Shirinni biz bilan birga qursa, demak, u to‘laqonli o‘zimizniki!» deydi Prezidentimiz.
Sarmoyadorlarning mulki va biznesi qonun, davlat va shaxsan o‘zining qat’iy himoyasida bo‘lishini qayd etgan. Shundan so‘ng, Prezident investorlar bilan muloqot qilgan. Uchrashuvda bildirilgan takliflar e’tiborsiz qolmasligi, tez kunlarda tegishli qaror qabul qilinishi aytilgan. Mamlakat yetakchisi bir oydan so‘ng Yangi Toshkentga yana borib, berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘rib chiqishini ta’kidlagan.
Yakunda davlat rahbari investor va tadbirkorlarni “O‘z g‘oyang! O‘z sarmoyang! O‘z kelajaging! Yangi O‘zbekiston, Yangi Toshkent – o‘zimizniki!” degan yangi shior atrofida birlashishga chaqirgan. Yangi Toshkentda mamlakat uchun muhim bo‘lgan ko‘plab o‘ziga xos loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirgan.
Live
Barchasi