Qurbonlar soni 2 emas, 4 nafar

Jamiyat

image

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida ro‘y bergan avariyada halok bo‘lganlar soni ikki эмас, balki to‘rt nafar. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Qurbon bo‘lganlardan yana ikki nafarining shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda. 

800 dan ortiq kishi ishlayotgan hududda bugun soat 10:30 atrofida sodir bo‘lgan avariyada jarohatlanganlar soni hozircha ma’lum emas. O‘zbekiston Respublaksi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda. 

Manbaning qayd etishicha, qurbonlar soni ortishi ehtimoli mavjud. 

Ma’lumot o‘rnida, avariya sodir bo‘lgan vaqtda tunnel qazilayotgan bo‘lgan. Yog‘ingarchilik kuchayganda, yer bo‘shab, tunnelni bosib qolgan. Uning ostida esa 20 nafarga yaqin quruvchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida Hukumat komissiyasi tuzildi. FVV qurbon bo‘lganlar ikki nafar shaxs haqida ma’lumot berdi


Maqola muallifi

Teglar

Yunusoboddagi avariya

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing