Qurbon hayiti arafasida go‘shtni qimmatlatgan sotuvchilar jarimaga tortildi 

Olam

image

Tojikiston poytaxti Dushanbeda ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish chog‘ida Qurbon hayiti arafasida “go‘sht narxini o‘zboshimchalik bilan oshirib yuborgan” 10 nafar sotuvchi jarimaga tortildi. Bu haqda Dushanbe Ichki ishlar boshqarmasi, xabar berdi.

Hisobotda sotuvchilar go‘shtni qaysi bozorlarda sotgani, narxi qanchaga oshirilgani va jarima miqdori ochiqlanmagan. Biroq ularning barchasi “moddiy manfaat olish maqsadida vaziyatdan foydalangani” qayd etilgan.

Dushanbe IIB ma’lumotlariga ko‘ra, sotuvchilarga nisbatan Tojikiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 555-moddasi bo‘yicha bayonnomalar tuzilib, unda 2 mingdan 3 ming hisob ko‘rsatkichi (1 ko‘rsatkich 75 somoniyga teng) miqdorida jarima solinadi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi avvalroq poytaxtda mart oyi boshida, Ramazon oyi oldidan bozorlarda narxlarni nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilgani, ular reyd va tekshirishlarni davom ettirayotganini eslatdi. Boshqarmaning ta’kidlashicha, bir sutka davomida oziq-ovqat mahsulotlarini oshirilgan narxlarda sotish bo‘yicha 80 ta holat aniqlangan.

Mart oyi boshida, Ramazon oyi arafasida poytaxtda oziq-ovqat narxlarini nazorat qilish uchun maxsus guruhlar tashkil etilgan edi. Shundan so‘ng poytaxt politsiyasi savdogarlarni adolatli narx belgilash amaliyotiga rioya qilishga chaqirib, narxlar oshib ketgan taqdirda qonuniy choralar ko‘rishdan ogohlantirdi.

Tekshiruvlar boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda fuqarolardan narxlarning oshishi haqidagi shikoyatlaridan so‘ng o‘tkazildi. Natijada go‘sht narxini asossiz oshirganlikda gumon qilingan o‘nga yaqin savdogar qo‘lga olindi. “Safarion”, “Mehrgon” va “Saxovat” bozorlarida go‘shtning belgilanganidan yuqori narxlarda, masalan, bir kilogrammi 75 somoniy (taxminan 96 ming so‘m) o‘rniga 95-100 somoniyga (122-129 ming so‘m) sotilishi holatlari qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Dushanbe go'sht Qurbon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing