Qurbon hayiti kuni imtihonlar bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Qurbon hayiti munosabati bilan 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi. Bu haqda Davlat test markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 11 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari quyidagi muddatlarga ko‘chirilganligi ma’lum qilindi (abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bino va soat o‘zgarmagan holda):

Qashqadaryo viloyatida – 12 avgust kuni;

Farg‘ona,  Jizzax va Navoiy viloyatlarida – 13 avgust kuni;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida – 14 avgust kuni;

Buxoro viloyatida – 15avgust kuni o‘tkaziladi.

Avvalroq, Qurbon hayiti munosabati bilan 11 avgust kuni jamoat transportlari ish vaqtida o‘zgarish bo‘lishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon DTM hayit

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing