Qum bo‘roni. O‘zbekistonning qo‘shnilarida ahvol qanday?
Bu qiziq
−
06 noyabr 2021
31533Toshkent havosidagi chang-g‘ubor miqdori kamaymoqda. Havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha onlayn reyting ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga yopirilgan qum bo‘roni qo‘shni davlatlarga ko‘chayayotganini ko‘rsatmoqda.
Real vaqt rejimida o‘zgarib boruvchi sayt ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent havosining ifloslanish daraji 280 AQI’ga teng va bu “o‘ta nosog‘lom” deya baholangan.
Ayni vaqtda Qozog‘istonning Chimkent shahrida havoning ifloslanish darajasi 351 AQI’ga yetgan va bu “xavfli” deb baholanmoqda. Qirg‘izistonning O‘sh shahri havosi ham “xavfli” darajaga tushgan. U yerda havoning ifloslanishi 304 AQI’ga tushib ketgan.
Ma’lumot uchun, bugun, 6 noyabr soat 15:00 holatiga Toshkent havosining ifloslanish darajasi 492 AQI’ga tushib ketgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 30 barobar oshdi.
Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.
“O‘zgidromet” kuzatuvlariga ko‘ra, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday changli g‘ubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgacha mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayotganini, shu sababli havodagi chang yana bir muddat saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.