Diqqat! Özbekistonda havo keskin sovib, ayrim joylarda qor yoğadi
Bu qiziq
−
19:45 1906 1 daqiqa
Joriy yilning 9 noyabr kuni Özbekistonning şimoliy hududlariga, 10-12 noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Buning oqibatida respublika hududida ob-havoning keskin özgarişi kuzatiladi. Bu haqda Özgidromet ogohlantiriş bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 9-11 noyabr kunlari respublika hududining katta qismida yomğir yoğadi, ba’zi joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin. 10-11 noyabr kunlari respublikaning şimoliy va toğli hududlarida yoğingarçilik qorga aylanadi.
Respublikaning ayrim hududlarida şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda.
9 noyabr kuni respublikaning şimoliy hududlarida, 10-12 noyabr kunlari esa qolgan hududlarida havo haroratining asta-sekin pasayişi kutilmoqda.
Şimoliy hududlar va çöl zonalarida havo harorati keçasi 2-7 daraja sovuqqaça, kunduzi 3-8 daraja iliqqaça, respublikaning qolgan hududlarida esa keçasi 0-5 daraja iliqqaça, ba’zi joylarda 1-2 daraja sovuqqaça, kunduzi 7-12 daraja iliqqaça pasayadi.
Live
Barchasi