O‘zbekistonga yopirilgan chang bo‘ronning “sputnik”dan olingan surati e’lon qilindi

Jamiyat

image

Kecha, 5 noyabr kuni kunning birinchi yarmida sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar e’lon qilindi. Unda changli g‘ubor O‘zbekiston va unga yondosh hududlarni qoplab olganini ko‘rish mumkin.

Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlardan chang-g‘ubor hodisasi bilan bog‘liq xiralik Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, Tojikistonning qo‘shni So‘g‘d, Toshkent, Sirdaryo, qisman Jizzax hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlari atmosferasini bulut misol qoplab olganini ko‘rish mumkin.

Surxondaryo viloyati osmonida ham biroz xiralik mavjud ekanligi tasvirdan ayon.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobar oshdi. 

Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.

“O‘zgidromet” kuzatuvlariga ko‘ra, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday changli g‘ubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgacha mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayotganini, shu sababli havodagi chang yana bir muddat saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing