Ertaga ayrim joylarda yomğir va qor yoğadi
Bu qiziq
−
11:52 539 3 daqiqa
Özgidromet ertaga, 10 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga köra, Toşkent şahrida havo bulutli böladi, yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Şamol ğarbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi va kunduzi 12–14 daraja iliq böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo özgaruvçan böladi, ba’zi joylarda yomğir yoğadi, Qoraqalpoğiston Respublikasida qorga aylanişi mumkin. Şamol şimoli-ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq; Ustyurtda keçasi 2–5 daraja sovuq, kunduzi 0–3 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli böladi, yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 9–14 daraja iliq böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bulutli böladi, yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli böladi, yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, ba’zi joylarda yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq böladi.
Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida havo özgaruvçan böladi, ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir qorga aylanadi) böladi, ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 noyabr kuni Özbekistonning şimoliy hududlariga, 10-12 noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Buning oqibatida respublika hududida ob-havoning keskin özgarişi kuzatiladi.