Qo‘lsiz sportchiga qo‘lsoat sovg‘a qilindi (video)

Sport

image
0:00
0:00
download

Sakkiz yoshidan buyon ikki qo‘li amputatsiya qilingan ispaniyalik parasportchi Rikardo Ten Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, tashkilotchilar sovg‘asi – qo‘l soati bilan taqdirlandi.

Ten chempionat davomida jami 6 ta medal ( 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza)ga ega chiqdi. Qo‘shimcha mukofot sifatida tashkilotchilar unga qo‘l soati sovg‘a qildi. E’tiborlisi, Rikordoning qo‘llari yo‘q. U og‘ir nogironligi bo‘lgan odamlar uchun mo‘ljallangan C1 sinfidagi bahslarda ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Ten professional parasuzuvchi (5 ta Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan) hisoblanadi. U bolaligida yuqori voltli elektr tarmog‘iga tegib ketgan, oqibatda ikkala qo‘li va chap oyog‘idan ayrilgan. Baxtsiz hodisada sportchi tanasining 75 foizi kuygan.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya Rikardo Ten

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing