Qo‘qonda psixotrop modda savdogarlari ushlandi
3-sahifa
−
08 noyabr
1947Qo‘qon shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd eitilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shahardagi Furqat ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan Bestune T 99 rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.X. va boshqalarga tegishli 2 dona polipropilen qopda inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 1 359 dona “Tropikamid”, 3 360 dona “Regapen” va 10 dona “Selofen” nomli dori vositalari hamda 1 dona idishga quyilgan rangsiz suyuqlik borligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining ikkita tumanida giyohvandlik moddasini sotayotgan fuqarolar ushlangandi. Ma’lum qilinishicha, IIB xodimlari tomonidan Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs gashish giyohvand moddasining har bir grammini 135-140 ming so‘mdan sotayotgani haqida axborot olingan. Shundan so‘ng joriy yilning 23 avgust kuni IIB va DXX viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs shartli xaridorga 700 gramm giyohvand moddani 10 ming dollarga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.