Qo‘qonda mashinadan oyog‘ini chiqarib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi (video)
3-sahifa
−
27 avgust
4853Farg‘ona viloyatida mashinadan oyog‘ini chiqarib harakatlangan haydovchi va yo‘lovchilarga tegishli chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Birinchi holatda Nexia rusumli avtomobilning orqa o‘rindiqidagi yo‘lovchi oyog‘ini oynadan chiqarib ketgan.
“O‘zimning Nexia avtomobilimda ketayotganimda o‘rtog‘im oyog‘ini chiqarib ketibdi. E’tibor bermabman. Shu yuzasidan ma’muriy chora ko‘rishdi, boshqa qaytarilmaydi”, deydi haydovchi.
Qo‘qon shahrida kuzatilgan holatda esa Matiz rusumli mashina haydovchisi oyog‘ini oynadan chiqarib harakatlangan. Bu fuqaroga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, amaldagi yo‘l harakati qoidalarining 11-bandiga ko‘ra, harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi. Bunday harakatni sodir etish bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (340 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida do‘stining to‘yi kuni kortejlar uyushtirgan huquqbuzar haydovchilar javobgarlikka tortilgandi.