Quddus mojarosi: Yevropa Ittifoqi tomonlarni muzokaraga chaqirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Sharqiy Quddusda boshlangan to‘qnashuvlardan xavotirini bildirib, Isroil va Falastinni muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Bu haqda YeIning tashqi siyosat xizmati vakili Piter Stano ma’lum qildi.

“So‘nggi voqealar tinchlik va barqarorlikka erishish uchun muzokaralarni qayta boshlash zarurligini talab qilmoqda. Ikki davlatning tinch-totuv yashashi uchun muzokaralarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Biz tomonilarni tezlik bilan kuch ishlatishni to‘xtatish va barqarorlikka erishish uchun muzokara boshlashga chaqiramiz. Bu faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bilan hal bo‘ladi”, degan Bryussel vakili brifingda.

Quddusdagi vaziyatning keskinlashishi

Qayd etish kerakki, HAMASning harbiy harakatlariga Isroilning bosib olingan Quddus shahridagi provokatsion zo‘ravonliklari sabab bo‘lgan.

Gap shundaki, 7 may – Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bunga Isroil politsiyasi tomonidan falastinliklar taroveh namozini o‘qiyotgan ushbu masjidga hujum qilgani sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Isroil sudi Shayx Jarroh mahallasida yashovchi arab oilalarini ko‘chirish to‘g‘risida qaror chiqargan. Chunki bu yerlarga yahudiylar da’vo qilib keladi.

Qizil yarim oy jamiyatining ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil politsiyasining zo‘ravonliklari oqibatida 700 dan ortiq kishi jarohatlangan, shundan 333 nafari shifoxonaga yotqizilgan

Xalqaro hamjamiyat Quddusdagi voqealarga tezda munosabat bildirdi. BMT Xavfsizlik Kengashi 10 may kuni Falastindagi mojarolarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, ammo yakunda hech qanday bayonot qabul qilinmadi.

O‘z navbatida, muntazam ravishda falastinliklar tomonida turuvchi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an islomiy mamlakatlar va butun dunyo jamoatchiligini okkupatsiya qilingan Sharqiy Quddusdagi falastinliklarni o‘z uylaridan zo‘rlik bilan chiqarib yuborayotgan Isroilning agressiv harakatlariga nisbatan samarali qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi. Keyinroq Erdo‘g‘an Isroilning harakatlarini “terror“, deb baholadi

Turkiya Prezidentidan so‘ng, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Isroil rasmiylarining Sharqiy Quddusdagi harbiy amaliyotini “qonunbuzarlik” deb atab, ular sodir bo‘lgan voqea uchun falastinliklardan kechirim so‘rashi kerakligini ta’kidladi

Qator musulmon davlatlar umumiy ravishda Isroil xalqaro huquq normlarini buzayotganini aytib, norozilik bildirdi. Ularning orasida Iordaniya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar, Bahrayn va BAA bor.

O‘z navbatida, Isroil Bosh vaziri dunyo OAVni voqealar rivojini noto‘g‘ri talqin qilganlikda ayblab, mamlakat politsiyasining zo‘ravonliklarini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Bundan tashqari Isroil rasmiylari mojarolar boshlanishi bilan tutingan akasi AQSHdan vaziyatga aralashmaslik va xalqaro bosim o‘tkazmaslikni so‘radi. Vashington esa har ikki tomonni ham vaziyatda aybdor deb, mojaroni tugatishga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi e’tiborini falastinliklarning noqonuniy ko‘chirilishiga qaratdi.

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing