Qrim anneksiya qilinganiga 9 yil! Putin yarimorolga bordi
Olam
−
18 mart 2023
10515Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 18 mart kuni Qrimga yarimorol Rossiyaga qo‘shilganining bir yilligi munosabati bilan keldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Sevastopolga yetib borgan, u yerda Prezidentga Chersonese shahridagi san’at maktabi va “Korsun” bolalar markazi ko‘rsatilgan
“Korsun” markazi Sevastopolga ko‘plab diqqatga sazovor joylar bilan tanishish uchun kelgan bolalar uchun mo‘ljallangan. U bir vaqtning o‘zida butun mamlakatdan 300 nafar bolani qabul qilishi mumkin.
Zamonaviy san’at maktabida shaharning ijodiy iqtidorli yoshlari qadimiy va Vizantiya davri yodgorliklari namunalarida jahon badiiy merosini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi
2014 yil 18 mart kuni Putin va qrimlik hamkorlari bilan “Qrim Respublikasini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitim”ni imzolagan.
Qrimning anneksiya qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan, uning tashkilotchilari va ishtirokchilariga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.
Putin Budapesht memorandumini hamda Rossiya Ukrainaning 1991 yilgi chegaralari doirasidagi hududiy yaxlitligini tan olgan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik shartnomasini buzgan deb topildi.
Yarimorolning noma’lum rus harbiylari tomonidan mahalliy hamkorlar ko‘magida bosib olinishi Rossiya va Ukraina o‘rtasida 9 yildan beri davom etayotgan e’lon qilinmagan urushning boshlanishi edi.
Qrimning anneksiya qilinishi chog‘ida qrim-tatar faoli Reshat Ametov va Ukraina Qurolli kuchlari praporshigi Sergey Kokurin o‘ldirilgan. Ular Rossiya-Ukraina urushining birinchi qurbonlari sanaladi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi, Lugansk xalq respublikasi, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha noqonuniy referendumlar 2022 yil 23-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Moskvaga ko‘ra, saylov byulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun 99,23%, LXRda – 98,42%, Xerson viloyatida – 87,05%, Zaporoje viloyatida – 93,11% ovoz berilgan. 30 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan psevdoreferendumlar yakunlari bo‘yicha nutq so‘zladi, shundan so‘ng hududlar rahbarlari bilan Rossiya tarkibiga kirish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi