Qozondan 700 ga yaqin o‘zbekistonlik avtobuslarda olib kelinmoqda
Jamiyat
−
05 Oktabr 2020
5731Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lganlarni Vatanga qaytarish jarayoni davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligidan QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilinishicha, ertaga, 6 oktyabr kuni Qozon shahrida qolayotgan 700 ga yaqin o‘zbekistonlik olib kelinadi.
Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 26 sentyabr kuni navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiya Federatsiyasi hududidan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish maqsadida yo‘lga chiqqan edi. Ayni damda ushbu avtobuslar Qozon shahridan 700 ga yaqin fuqarolarni olib kelmoqda.
Rejaga muvofiq avtobuslar karvoni ertaga, 6 oktyabr kuni O‘zbekistonga kirib keladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 sentyabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish maqsadida Rossiyaga jo‘natilgan edi. Rejaga muvofiq ushbu avtobuslar 27 sentyabr kuni 750 nafar fuqarolarni O‘zbekistonga olib keldi.