Qozog‘istonning sobiq adliya vaziri qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xodimlari tomonidan mamlakatning sobiq adliya vaziri Marat Beketayev qo‘lga olindi. Bu haqda “Zakon.kz” yozmoqda.

“Biz ushlangan shaxs sobiq adliya vaziri Marat Beketayev ekanligini tasdiqlaymiz”, deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati ma’lumotida.

Boshqarmaning qayd etishicha, ayni damda gumondor sud sanksiyasi bilan ikki oy muddatga hibsga olingan.

"Tergov manfaati uchun boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi", deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Marat Beketayev 2016 yil sentyabridan 2022 yil yanvarigacha Qozog‘iston adliya vaziri lavozimida ishlagan. Keyinchalik, 14 yanvar kuni u Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi etib tayinlandi. 

2023 yil 21 oktyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati Qozog‘iston sobiq adliya vazirini mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumon qilib, qo‘lga olgani ma’lum bo‘ldi. Departament ma’lumotlariga ko‘ra, “ushlangan shaxs davlatga katta miqdorda zarar yetkazgan”.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Adliya vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing