Qozog‘istondagi voqealar Rossiyada ham ro‘y berishi mumkinmi?
Olam
−
28 yanvar 2022 11843 2 daqiqa
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan “qonli yanvar” fojialari Rossiyada ham yuz berishi mumkinmi? Ushbu savolga Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev javob berdi.
Uning Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarning takrorlanishi uchun Rossiyada hech qanday shart-sharoit yo‘qligiga ishonchi komil.
“Menimcha, bizda bunday tadbirlarni o‘tkazish uchun hech qanday shart yo‘q. Chunki, umuman olganda, mamlakatimiz fuqarolarining aksariyati mamlakat Prezidenti va Hukumat tomonidan olib borilayotgan yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi va bu Konstitutsiyaga, qonun chiqaruv hokimiyatga ovoz berishda, saylovlarda tasdig‘ini topadi”, deydi Medvedev.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiyada terrorchilik faoliyatining har qanday ko‘rinishlariga yoki umuman, har qanday jinoiy hujumlarga javob berishga qodir bo‘lgan samarali davlat vujudga kelgan”.
Shu bilan birga, Medvedev Qozog‘istondagi voqealar jiddiy saboq bo‘lganini ta’kidlagan.
"Albatta, bu nafaqat Qozog‘istonning ichki ahamiyatiga ega bo‘lgan omil. Bu mintaqaviy xavfsizlik masalasi hamdir. Biz buni e’tibordan chetda qoldira olmaymiz, chunki gap biz sherik, ittifoqchi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi, KXSHT a’zosi, shunchaki bizga yaqin xalq haqida ketmoqda”, deydi Medvedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea “umumiy mintaqaviy xavfsizlikda o‘z aksini topgan”.
Avvalroq, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar endi O‘zbekistonda ham bo‘lishi mumkinligini aytib, o‘zida bor ma’lumotlarga sha’ma qilgandi. Keyin u “qonli yanvar” fojiasi nafaqat Qozog‘iston, balki butun postsovet mamlakatlari uchun umumiy ekanini ta’kidlab chiqdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr