Qozog‘istondagi tartibsizliklarda “Tolibon”ning qo‘li bormi? Harakat “tilga kirdi”

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” harakati yanvar oyi boshida Qozog‘istondagi tartibsizliklarda toliblar ishtirok etgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda bugun, 2 fevral kuni o‘zining Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatining Axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.

“Qator ommaviy axborot vositalari Rossiya rasmiylariga iqtibos keltirgan holda Qozog‘istondagi tartibsizliklarda afg‘onlarning bir qismi ham qatnashgani haqida xabar tarqatmoqda. Biz bunday da’volarni qat’iyan rad etamiz. Afg‘oniston Islom Amirligi  hech kimga Afg‘oniston hududidan boshqa davlat zarariga foydalanishga yoki boshqa davlatlarning ishlariga aralashishga ruxsat bermaydi va yo‘l qo‘ymaydi. Bunga hech qanday dalil ham yo‘q”, degan Mujohid.

Shu bilan birga, Mujohid “Tolibon” boshidanoq Qozog‘istondagi muammolarni oqilona va tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirganini eslatib, Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga hech qanday tahdid yo‘qligini yana bir bor ta’kidlagan.

10 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarda asosan Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Afg‘oniston, shuningdek, Yaqin Sharqdan kelgan xorijiy jangchilar ishtirok etayotganini aytgandi.

Avvalroq, Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti Qozog‘iston rasmiylariga murojaat qilib, tinch namoyishchilar va faollarni ta’qib qilishni zudlik bilan to‘xtatish, hamon hibsda saqlanayotganlarni ozod etish, kaltaklash va shafqatsizlikka chek qo‘yishni so‘ragani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

455

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing