Qozog‘istondagi konda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

“Bugun Kostenko shaxtasida yong‘in sodir bo‘ldi, afsuski, 11 kishi halok bo‘lib, 18 kishi turli darajadagi og‘irlikdagi shifoxonaga yetkazildi. Halok bo‘lgan konchilarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman”, deydi Qarag‘anda viloyati hokimi Yermaganbet Bulekpayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avariya vaqtida konda 252 kishi bo‘lgan, 205 nafar konchi yer yuzasiga chiqarilgan.

“Konga kelganimdanoq mening rahbarligimda tezkor shtab tuzildi, uning tarkibiga mas’ul shaxslar va hamkasblar kiritilgan. Biz siz bilan birga bo‘lamiz va mana shu og‘ir kunlarda sizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan Yermaganbet Bulekpayev.

Voqea joyida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga yordam ko‘rsatish uchun 40 nafar qutqaruvchi, 10 ta texnika va 3 nafar psixolog ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston portlash Kostenko koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made