Qozog‘istondagi dahshatli avtohalokatda 12 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 23 oktyabr kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida DAF rusumli yuk mashinasi va yo‘lovchi tashuvchi Gazel avtomobili to‘qnashishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samara-Shimkent avtomobil yo‘lida, Belqopa qishlog‘i yaqinida DAF yuk mashinasi va yo‘lovchi Gazel ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan.

“YTH oqibatida voqea joyida har ikkala haydovchi hamda Gazeldagi 10 yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana 5 kishi tibbiyot muassasasiga yetkazildi. Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Aniqlanishicha, Gazel Jurgenov nomli qishloqdan viloyat markaziga yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan”, deyiladi xabarda.

Hozirda voqea joyida politsiya xodimlari va tergov guruhi ishlamoqda, barcha tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ugandadagi Kampala-Gulu avtomagistralida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 63 kishi halok bo‘lgandi va bir necha kishi jarohat olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston avtohalokat Aqto'be DAF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing