Qozog‘istondagi harbiy qismlardan birida portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Bugun, 26 avgust kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatida joylashgan harbiy qismda portlash yuz berdi. Bu haqda NUR.KZ yozmoqda.

Respublika Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea soat 19:00 atrofida Jambil viloyati Bayzoq tumanida joylashgan harbiy qismdagi omborlardan birida yong‘in chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan. 

“Jambil viloyati Bayzoq tumanida joylashgan harbiy qismda, taxminan 19:00 da, omborlardan birining yonida yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida noma’lum narsalar portladi. Yong‘inni bartaraf etishga bo‘linmaning o‘t o‘chirish avtomobillari jalb qilingan. Olovni o‘chirishga Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yordam ko‘rsatmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, voqea joyiga vazir o‘rinbosari general-leytenant Ruslan Shpekbayev boshchiligidagi Mudofaa vazirligidan komissiya yuborilgan. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul aeroportida ham portlash yuz berdi. Uning oqibatida kamida 15 kishi jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston portlash

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing