Qozog‘istonda “zapravka” portlab ketdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
31 may 8200 2 daqiqa
Kecha, 30 may kuni Qozog‘istonning Atirov viloyatidagi Qulsari shahrida avtoyonilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 14 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Atirov viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida yon-atrofdagi xonadonlar ham yongan. Yong‘in soat 20:15 da qurshab olinib, 21:47 da to‘liq bartaraf etilgan.
Viloyat hokimi Serik Shapkenov voqea yuzasidan favqulodda shtab yig‘ilishini o‘tkazgan. U Favqulodda vaziyatlar departamentiga barcha kuchlarni safarbar etib, yong‘inni bartaraf etish, oqibatlarini kamaytirish va aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, jarohat olgan 14 kishidan 10 nafari shifoxonaga yotqizilgan, qolgan 4 nafari ambulator kuzatuvda. Ularning umumiy ahvoli barqaror, reanimatsiyada bo‘lgan og‘ir bemorlar yo‘q.
Atirov viloyati politsiya departamentining ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan tuman politsiya bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan AYOQSHlardan birida ZIL yonib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgandi, yana bir kishi shifoxonaga joylashtirilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr