Samarqanddagi “zapravka”da yuz bergan portlash qurbonlari ortdi

3-sahifa

image

 

Avvalroq, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan AYOQSHlardan birida ZIL yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi, yana bir kishi shifoxonaga joylashtirilgandi. Tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan fuqaro joriy yilning 9 may kuni vafot etdi. Bu haqda “Zamon” xabar berdi. 

Vafot etgan uch kishi shoxobcha rahbari, operator va ZIL haydovchisi bo‘lgan.

Samarqand viloyati IIB matbuot kotibining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida dahshatli portlash sodir bo‘lib, oqibatda 4 nafar fuqaro vafot etgan, bir nechtasi esa tan jarohati olgandi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi jabrlanganlar va vafot etganlar holati bo‘yicha ma’lumot berdi.  Bildirilishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni soat 14:00 atrofida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga Farg‘ona shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan o‘t chaqnashi oqibatida jarohat olgan 13 nafar fuqaro olib kelingan. Ulardan 1 nafari o‘lik holatda keltirilgan va uni sud-tibbiy ekspertizaga yo‘naltirilgan.

17 dekabr soat 15:00 holatiga ko‘ra, 2 nafar bemorga bolalar reanimatsiya bo‘limida davo choralari ko‘rilib, ularga “Alangadan keyingi tananing bosh, yuz, bo‘yin, ikkala qo‘l, yelka, bilak, kaft, barmoq, ko‘krak, qorin, ikkala kurak, bel va ikkala oyoq son, boldir sohalarining II-III AB-darajali 90 foiz termik kuyishi, II-III-darajali yuqori nafas yo‘llarining termoingalyatsion jarohati, kuyish shoki o‘ta og‘ir darajasi, asistoliya” tashxisi qo‘yilgan. Umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan. Keyinchalik ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ular vafot etgan.

Shu kuni neyroxirurgik reanimatsiya bo‘limiga 3 nafar bemor yotqizilgan. Ularga alangadan II-III AB darajali 70-90 foiz kuyish darajasi tashxisi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing