Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni ortdi

3-sahifa

image

Kecha, 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlashdagi qurbonlar soni yana 3 nafarga ko‘paydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shaharning Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi tufayli portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir necha fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasidagi portlashda 1 fuqaro halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

portlash Farg'ona qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing