Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi
Jamiyat
−
16 fevral
6296Qozog‘istonning Oqmola viloyatida yo‘lda qolib ketgan 64 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, kecha, 15 fevral kuni “Astana-Chelyabinsk” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi “Jaqsi-Yesil-Buziliq” yo‘lidagi Jaqsi qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.
“Jaqsi tumani qutqaruvchilari Ayaz Maqashev va Saylaubek Qazjimuratov zudlik bilan chaqiruv joyiga yetib bordi. Ular buzilgan avtobusda bo‘lgan 64 nafar yo‘lovchini (shundan 17 nafari bola) Jaqsi qishlog‘idagi 1-sonli o‘rta maktabda joylashgan isinish joyiga olib ketdi. Yo‘lovchilar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 fevral kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida yuz bergan yong‘inda o‘zbekistonlik fuqarolar jarohat olgandi.
LiveBarchasi