Qozog‘istonda yong‘in 5 nafar bolaning hayotiga zomin bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
12 Oktabr
3114Qozog‘istonda sodir bo‘lgan yong‘in 5 nafar bolaning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat kecha, 11 oktyabr kuni ertalab soat 4:29 da Qo‘stanay viloyati Jitikara shahrida joylashgan shaxsiy tomorqa hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida turar-joy binosi tomi qulagan.
7 daqiqadan so‘ng qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan, uy butunlay yonib ketgan. Soat 6:08 da yong‘in qamrab olinib, to‘liq o‘chirilgan.
“Vayronalarni tozalash jarayonida 2011, 2016, 2018, 2019, 2022, 2023 yillarda tug‘ilgan voyaga yetmagan 5 nafar bolaning jasadi topildi”, deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha payt bolalarning onasi dugonasinikida, otasi esa qamoqda bo‘lgan. Hozirda mutaxassislar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida taxminan 150 kv m maydonda tom bostirmasi va uy jihozlari yongan.