Qozog‘istonda vaziyat jiddiy: qizamiq sabab o‘quvchilar onlayn ta’limga o‘tkazildi

Olam

image

Qozog‘istonning Atirau viloyatida uch nafar maktab o‘quvchisi qizamiq bilan kasallandi. Bemor bolalar o‘qiydigan sinflar onlayn o‘qitishga o‘tkazildi. Bu haqda viloyat ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Saduaxasova ma’lum qildi.

“Janatalap qishlog‘idagi Jambil nomidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida 5-sinfning bir o‘quvchisi va 2-sinf o‘quvchisida qizamiq belgilari aniqlangan. Shu munosabat bilan 25 apreldan 2 mayga qadar uchinchi va beshinchi sinflar masofaviy o‘qitish formatiga o‘tkazishga qaror qilindi. Sinfxonalar dezinfeksiya va sanitariya tozalash ishlari amalga oshiriladi”, deydi Gulnora Saduaxasova.

Joriy yilning 2 martidan 24 apreliga qadar viloyatda jami 15 nafar shaxs qizamiq kasalligi bo‘yicha shubha qilinib, ro‘yxatga olingan. Shulardan olti nafar bolaning kasallanishi laboratoriya usulida isbotlangan. 

Shuningdek, bemorlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 216 nafar shaxs shifokorlar nazoratida. Sanitariya-epidemiologiya tekshiruvi davom etmoqda.

“Epidemiologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, yetti kishi qizamiqqa qarshi emlandi”, deydi viloyat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Madeniyet Tanauov.

Ma’lumot uchun, qizamiq o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, dunyodagi eng yuqumli infeksiyalardan biridir. Qizamiq uchun yuqumlilik indeksi 93-95 foizni tashkil qiladi. Virus havo tomchilari orqali yuqadi.

Qizamiq o‘zini yuqori isitma, intoksikatsiya, yo‘tal, burun oqishi, fotofobiya, teri va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarida toshmalar shaklida namoyon qiladi.

Kasallik infeksiya yuqqandan keyin 7-18 kun ichida rivojlanadi. Qizamiq uchun maxsus davolash mavjud emas. Qizamiqning oldini olishning yagona ishonchli vositasi o‘z vaqtida emlanishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing