Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak yirik miqdordagi narkotik bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Abay viloyatida Ichki ishlar xodimlari 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosini sintetik giyohvand moddalar bilan qo‘lga oldi. Bu haqda “Orda.kz.” xabar berdi.

Ko‘zdan kechirish chog‘ida uning yonidan ikki paketda taqiqlangan modda, tarozi, yopishqoq lenta topilgan. Politsiya 71,49 gramm mefedron va 81,67 gramm alfa-PVP ni musodara qilgan. Giyohvandlik vositalarining umumiy og‘irligi 153,16 grammni tashkil etgan. 

Shu tariqa, viloyat politsiyasi qora bozorda narxi 4 million tenge bo‘lgan 1500 dona bir martalik dori vositalarini yetkazib berishning oldini olgan.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Politsiya mintaqaga giyohvand moddalarni yetkazib berish yo‘nalishlarini qidirishda davom etmoqda. Hibsga olingan shaxs esa vaqtinchalik saqlash izolyatoriga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mordoviyaning Saransk shahrida 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 4,5 gramm marixuanani xaridorga topshirayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston o'zbekistonlik narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing