Qozog‘istonda toshqin boshlanganidan beri 86 ming kishi evakuatsiya qilindi
Olam
−
09 aprel
4658Qozog‘iston qutqaruvchilari mart oyi boshidan beri 86 ming fuqaroni suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshqin boshlanganidan buyon 86 mingdan ortiq odam qutqarilib, evakuatsiya qilindi. Jalq qilingan samolyot 2823 kishini qutqarib qoldi. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 8 ming 472 kishi bor. 81 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari xavfsiz joyga olib ketildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Qozog‘istonning aksariyat viloyatlarida qorning tez erishi va daryo toshqinlari suv toshqiniga olib keldi. Mamlakatning o‘nta hududida minglab uylar suv ostida qolgan, transport infratuzilmasi, xususan, yo‘llar va ko‘priklar zarar ko‘rgan.
Suv toshqinlari tufayli G‘arbiy Qozog‘iston, Atrau, Aqto‘be, Qo‘stanay, Pavlodar, Oqmo‘la, Qarag‘anda va Ulutau viloyatlarida mahalliy favqulodda holat e’lon qilingan. Avariya-qutqaruv ishlariga 23 ming kishi jalb etilgan. Zarar ko‘rgan hududlarga 134 tonna insonparvarlik yordami yetkazildi. Hukumat suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda yangi uylar qurilishi, jabrlanganlarga tovon puli to‘lash boshlangani haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq suv toshqinlari tufayli uzunligi 679 kilometrdan ortiq bo‘lgan Aqto‘be, Oqmo‘la, Atirau, Qo‘stanay, Pavlodar, Mang‘istau va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlaridagi 14 ta respublika ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida transport harakati cheklangandi.
LiveBarchasi