Qozog‘istonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Olam
−
01 aprel
8318Qozog‘istonning Aqtau shahrida terrorchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 1 aprel kuni Aqtau shahrida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi hamda prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda oldindan kuzatuvda bo‘lgan, terrorchilik harakatini uyushtirishni rejalashtirayotgan shaxsning yashash joyi tintuv qilinib, portlovchi moslama yasashda foydalaniladigan qismlar va boshqa ashyoviy dalillar topilgan.
“Ushbu shaxs muqaddam qotillik sodir etganligi uchun sudlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 255-moddasi 1-qismi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘istonda terrorchilikda gumon qilingan uch kishi qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi