Qozog‘istonda suv toshqini tufayli 12,7 ming kishi evakuatsiya qilindi

Olam

image

Qozog‘istonda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish doirasida mamlakatning 12 viloyatidagi suv toshqini zonalaridan 12 ming 701 kishi, jumladan 4 ming 728 nafar bolalar evakuatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, evakuatsiya ishlari Aqto‘be, Qostanay, G‘arbiy Qozog‘iston, Oqmola, Atirau, Qarag‘anda, Shimoliy Qozog‘iston, Turkiston, Olmaota, Pavlodar, Ulitau va Abay viloyatlarida amalga oshirilgan.

Hozirda Aqto‘be, G‘arbiy Qozog‘iston, Oqmola va Qostanay viloyatlaridagi vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 6461 kishi, jumladan, 2570 nafar bola bor. 961 kishi, jumladan, 261 bola samolyotlar bilan evakuatsiya qilingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, suv toshqini mavsumi boshidan buyon qutqaruvchilar va viloyat hokimligi tomonidan 4,2 million kub metr suv oqib chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 mart kuni Qozog‘istonning ayrim viloyatlarida qorning kuchli erishi oqibatida suv bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashgani sababli, Abay, Uralsk, G‘arbiy Qozog‘iston, Aqto‘be viloyatida favqulodda holat e’lon qilingandi.

Shundan so‘ng Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 30 mart kuni mamlakatning qator hududlarida suv toshqini tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishda davlat rahbari qozog‘istonliklardan uzr so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston suv toshqini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing