Qozog‘istonda robot jarimalarni undirishni boshladi

Olam

image

Qozog‘istonda xususiy sud ijrochilariga yordam berish uchun robot yordamchisi joriy etildi. Bu haqda 24.kz xabar berdi.

Unga ko‘ra, loyiha fevral oyida Qozog‘istonning Taraz shahrida sinov tariqasida ishga tushirilgan va ijobiy natijalar bergan.

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt hozirda 20 MRPgacha bo‘lgan ma’muriy jarimalarni undirish bilan shug‘ullanadi. Jarima aniqlanganda, tizim avtomatik ravishda ijro protsessini boshlaydi va huquqbuzarga xabarnoma yuboradi. Agar 30 kun ichida qarzdor to‘lovni amalga oshirmasa, robot uning hisobini bloklashi va pullarni avtomatik ravishda yechib olish imkoniyatiga ega.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqarolar har yili 5 milliard tengeni tejashlari mumkin, chunki ular xususiy sud ijrochisiga 25% komissiya to‘lamasdan to‘lovni amalga oshiradi. Hozirda 280 mingdan ortiq ijro jarayoni ochilgan va 66 ming fuqaro jami 1,3 milliard tengeni to‘lagan”, degan Adliya vazirligining raqamlashtirish bo‘limi rahbari o‘rinbosari Murat Smagulov.

Ma’lum qilinishicha, kelajakda robot yordamchisi telefon orqali qarzdorlarni xabardor qilishi va tushuntirish berishi mumkin. Shuningdek, tizimda chatbot orqali foydalanuvchilarning barcha savollariga javob berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Texas shtatida politsiya roboti mehmonxonadagi xonasida yashiringan jinoyatchini qalampirli gaz bilan zararsizlantirib, uni qo‘lga olgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston jarima robot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing