AQSHda robot-politsiyachi qurollangan jinoyatchini qo‘lga oldi (video)
Texnologiya
−
22 Sentabr
9946AQSHning Texas shtatida politsiya roboti mehmonxonadagi xonasida yashiringan jinoyatchini qalampirli gaz bilan zararsizlantirib, uni qo‘lga oldi. Bu haqda SNN xabar berdi.
Taqiqlangan moddalar ishlab chiqargani uchun jazo muddatini o‘tagan 39 yoshli jinoyatchi Feliks Delarosa politsiyaga qarshilik ko‘rsatish uchun o‘qotar quroldan foydalangan. U 20 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 2022 yilda jazo muddatining to‘rtdan bir qismini o‘tab, muddatidan oldin ozodlikka chiqqan. Biroq shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish shartlariga ko‘ra, u elektron bilaguzuk taqib, belgilangan hududdan chiqmasligi kerak bo‘lgan. Jinoyatchi politsiyadan qochishga uringan. Texas mehmonxonasida ekanini aniqlagan politsiya uni hibsga olish uchun robot bilan maxsus bo‘linmani yuborgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan e’lon qilingan videoda robotning jinoyatchiga yaqinlashganda, erkak uning ustiga ko‘rpa uloqtirgani, so‘ng derazadan robotga bir necha marotaba o‘q uzganini ko‘rish mumkin. Robot esa deraza oldiga kelib, ko‘rpaning bir chetini ko‘taradi va erkakka qarata ko‘zni yoshlatuvchi gaz purkaydi.
Shu tariqa gumonlanuvchi qo‘lga olindi va tez yordam mashinasida tibbiyot markaziga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaliforniyadagi Stenford universiteti talabalari oddiy materialdan 2 funksiyali yordamchi robotni ixtiro qilgandi. Ushbu robotga “Mobile Aloha” deb nom berilgan. U 50 xil vazifani bajara oladi. Jumladan, u liftning chaqirish tugmachasini bosish, qisqichbaqa qovurish, oshxona anjomlarini joylashtirish, shkaf eshigini ochish, qo‘ng‘iroq qilish va qo‘ng‘iroqqa javob berish kabi vazifalarni mustaqil bajara oladi.
LiveBarchasi