Qozog‘istonda poraxo‘r amaldorlardan musodara qilingan mablag‘ga stadion quriladi
Sport
−
12 mart 2025 6993 1 daqiqa
Qozog‘iston poytaxti Ostonada poraxo‘r amaldorlardan musodara qilingan 35 million dollarga stadion quriladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mazkur arena 1936 yilda qurilgan, tez orada buzib tashlanadigan stadion o‘rnida quriladi. Stadion 2025 yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Arena o‘ziga 3.5 mingdan ortiq tomoshabinni sig‘diradi, Shuningdek, stadion UEFA standartlariga javob beradi va qurilish uchun poraxo‘r amaldorlardan musodara qilingan 35 million dollar ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, futbolchilarning oziq-ovqati va yig‘inlariga ajratilgan davlat mablag‘larini o‘zlashtirgan Qozog‘istonning “Jetisu” klubi direktori Kalmuhammad Dosenboyev qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr