Qozog‘istonga koronavirusning “delta” shtammi kirib kelgani taxmin qilinmoqda
Olam
−
21 iyun 2021
6905Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning keskin o‘sishi munosabati bilan mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 bilan og‘rigan bemorlardan olingan musbat laboratoriya namunalarini PZR skriningidan o‘tkazdi.
Skrining natijalari asosida koronavirusning “delta” shtammiga (“hind” shtammiga) mutatsion xarakteristikasi ehtimoli aniqlandi. Mutatsiya mavjudligi va uning “delta” shtammiga mansubligining yakuniy tasdig‘i genomlar bo‘yicha DNK namunalarining sekvensiyasi tugagandan so‘ng aniq bo‘ladi.
Koronavirusning “delta” turi aniqlangan boshqa shtammlarga qaraganda 60 foiz ko‘proq yuqumli hisoblanadi. Bunday holda, infeksiyani yuqtirgan odam bo‘g‘imlarda va qorin bo‘shlig‘ida qattiq og‘riq, ko‘ngil aynishi va qayt qilishni boshdan kechiradi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusning “delta” shtammida shifoxonaga yotqizilish va o‘lim ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 20 iyun holatiga ko‘ra, dunyoning 74 mamlakatida koronavirusning “delta” shtammi aniqlangan.
Avvalroq, Hindistonning Maxarashtra shtatida koronavirus infeksiyasining “delta plyus” deb nomlangan yangi turi bo‘yicha 20 ta holat aniqlangani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi