Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina yaratish boshlandi
Salomatlik
−
27 mart 2020
8458Qozog‘istonning Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti koronavirusga qarshi vaksina yaratish ishlarini boshladi. Ilmiy-tadqiqot institutining direktori Xayrulla Abeuov ushbu vaksina tayyor bo‘lishi uchun bir yil kerak bo‘lishini aytdi.
"Vaksinalarning yaratilishi bir necha bosqichlardan iborat. Bu vaqt talab qiladi", deydi Abeuov.
Vaksinani avval hayvonlarda, so‘ngra koronavirus bilan kasallanmagan ko‘ngillilarda sinab ko‘rish rejalashtirilgan. Sinovlarda qatnashish pullik bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot institutidan tashqari, Nur-Sultondagi Milliy Biotexnologiya Markazi ham koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirgacha Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 120 ta holat tasdiqlangan. Bitta bemor kasallik sabab vafot etgan.