Asqar Mamin Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishga start berdi

Olam

image

Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyatida Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinalarini ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda mamlakat Hukumati portalida xabar qilingan.

Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin vaksina ishlab chiqarishga start berish uchun Qorag‘anda farmatsevtika majmuasiga borgan. Majmua bazasida bosqichma-bosqich 2 mln doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

“Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan ommaviy emlash 2021 yilning fevralida boshlanadi. Birinchi o‘rinda tibbiyot xodimlari, pedagoglar, talabalar, huquq tartibot organlari xodimlari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar xodimlari hamda xavf guruhiga kiruvchi surunkali kasalligi bor odamlar ixtiyoriylik asosida emlanadi”, degan Bosh vazir Mamin.

Hukumat rahbari “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini ishlab chiqaradigan zavod qurish to‘g‘risida kelishuvga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing