Qozog‘istonda koronavirus aniqlandimi?

Olam

image
U bobom emas, otam! – Nazarboyevning nabirasi oila sirlarini OAVga olib chiqdi north_east

U bobom emas, otam! – Nazarboyevning nabirasi oila sirlarini OAVga olib chiqdi

Kuyovlar yov, qizlar ofatmi? Prezidentlarning quyushqondan chiqqan farzandlari  north_east

Kuyovlar yov, qizlar ofatmi? Prezidentlarning quyushqondan chiqqan farzandlari 

Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bugun, 11 fevral kuni mamlakat Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Mazkur yig‘ilishda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash masalalari ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilishda Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov Elboshiga mamlakatdagi vaziyat xususida ma’lumot bergan.  

Yig‘ilishda Qozog‘iston Respublikasining Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Elboshi Nursulton Nazarboyevning qizi – Senat raisi Darig‘a Nazarboyeva ham ishtirok etgan.

Xavfsizlik Kengashi raisi – Elboshi Nazarboyev koronavirus atrofidagi vaziyat Xitoy iqtisodiyotiga ham, Qozog‘iston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan. 

“Biz bo‘sh kelmasligimiz kerak. Siz hamma narsaga tayyor turishingiz, dori-darmon va boshqa zarur manbalarni yetkazib berishni ta’minlashingiz kerak. Ushbu muammoni kuzatib borish kerak. Bunday hollarda biz qarshi choralarni ko‘rishimiz kerak, shu jumladan tashqi omilning milliy iqtisodiyotimizga salbiy ta’siri oldini olishimiz kerak”, degan Nursulton Nazarboyev.

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtga qadar Qozog‘istonda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar rasman qayd etilmagan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 134 kishi isitma va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 106 nafari sog‘ayib, qolgan 28 kishi shifoxonalarda qolmoqda. Bemorlarning ahvoli qoniqarli. 

Tibbiy muassasalar Xitoydan kelgan fuqarolarning sog‘lig‘ini nazorat qilishni davom ettirmoqda. Jumladan, 24 167 kishi qamrab olingan, ulardan 1298 nafari chet el fuqarosi. So‘nggi 14 kun ichida Xitoydan kelgan 8 851 kishi tibbiy nazorat ostida qolmoqda, qolgan 15 316 kishi inkubatsiya davri tugashi sababli monitoringdan chiqarildi. 

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 27 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya va Belgiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.

Yangi koronavirusga Novel Coronavirus Pneumonia (NCP) nomi berildi. U bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev koronavirus

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing