Qozog‘istonda “xorijiy agentlar” reyestri e’lon qilindi
Olam
−
21 Sentabr 2023
2384Qozog‘istonda ilk bor “xorijiy agentlar” reyestri tuzildi, unga 240 nafar jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, huquq faollari, jurnalistlar hamda xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari kiritilgan. Ushbu hujjat Davlat daromadlari qo‘mitasi veb-saytida e’lon qilindi.
Qozog‘iston Moliya vazirligi “xorijiy agentlar” ro‘yxatiga:
- Qozog‘iston xalqaro inson huquqlari byurosi,
- “Erkindik Qanaty” fondi,
- “Qozog‘iston yoshlar axborot xizmati”,
- “Masa.Media” nashri,
- MediaNet xalqaro jurnalistika markazi,
- “Xalqaro huquqiy tashabbus” nodavlat tashkiloti,
- “Ar.Ruh.Hak” inson huquqlari jamg‘armasi,
- “Odil so‘z” so‘z erkinligini himoya qilish xalqaro jamg‘armasi,
- “Yashil najot” ekologik jamiyati,
- Qozog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi.
Respublikada e’lon qilingan “xorijiy agentlar” orasida jurnalist Aynur Koskina, Qozog‘iston parlamenti deputatligiga sobiq nomzod Dinara Yegeubayeva, shuningdek, jurnalist Dmitriy Dubovitskiy ham bor.
Bundan tashqari, Qozog‘iston hukumati xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalari va fondlarini “xorijiy agentlar” reyestriga kiritgan.
Shunday qilib, Rossiya “Gazprombank”ining Qozog‘istondagi vakolatxonalari, xalqaro “Reuters” axborot agentligi, Kiyev vitamin zavodi va Niderlandiyaning Markaziy Osiyodagi silga qarshi kurash bo‘yicha Qirollik markazi “xorijiy agentlar” deb tan olingan.
Hukumatning ta’kidlashicha, ushbu chora fuqarolarning ishonch darajasini oshirishga qaratilgan.
LiveBarchasi