Qozog‘istonda Qurbon hayiti qachon bo‘lishi e’lon qilindi
Olam
−
08 iyun
22696Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi 16 iyunni Qurbon hayit bayramining birinchi kuni deb e’lon qildi.
“Yangi oy 2024 yil 6 iyunda boshlangani sababli bu yil Zulhijja oyi 7 iyundan, Arafa kuni esa 15 iyunga to‘g‘ri keladi, shuning uchun Qurbon hayiti 16 iyun kuni boshlanadi”, deyiladi xabarda.
Hukumat portalida 2024 yil uchun bayramlar taqvimi e’lon qilingan, unda 2024 yilda Qurbon hayitning birinchi kuni 17 iyun – dushanbaga (dam olish kunlari) to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgan edi. "Informburo.kz" tahririyati Mehnat vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘lanib, kiritilgan o‘zgartirishlar munosabati bilan 17 iyun ish kuni bo‘lishini ma’lum qildi.
“2024 yil uchun bayram va dam olish kunlari taqvimi tuzilayotganda Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Qurbon hayiti 17 iyun kuni bo‘lishini rasman ma’lum qilgandi. Bu kun ish kuni bo‘lgani uchun uni dam olish kuni qilish rejalashtirilgan edi. Endi Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Qurbon hayit 16 iyunga to‘g‘ri kelishini e’lon qildi. Dam olish kunlariga to‘g‘ri keladigan diniy bayramlarni boshqa joyga ko‘chirish mumkin emas. Shu sababli, kechiktirish bo‘lmaydi, chunki bu allaqachon dam olish kuni", deyiladi Qozog‘iston Mehnat vazirligi munosabatida.
"Al Arabiya" nashrining yozishicha, Saudiya Arabistonida ham Qurbon hayiti 16 iyun kuni bo‘lishi belgilangan.
LiveBarchasi