Qozog‘istonda qizamiqqa chalinish holati keskin oshib ketdi

Olam

image

Qozog‘istonda qizamiqqa chalinish holati keskin oshib ketdi. So‘nggi bir hafta ichida kasallanganlar soni 30 foizga oshdi. Bu haqda Qozog‘istonning “Xabar-24” telekanali Sog‘liqni saqlash milliy markazi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon 10 mingga yaqin kasallik holati qayd etilgan bo‘lib, ularning 80 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Eng ko‘p holatlar respublika janubida – Olmaota va Jambil viloyatlarida kuzatilgan.

“Kasallanishning ko‘payishi bolalarning rejalashtirilgan emlashni o‘tkazib yuborgani bilan bog‘liq”, deydi markaz vakili Janibek Erboyev.

Joriy yilning 20 oktyabr kuni Boyqo‘ng‘ir ma’muriyati Qozog‘istonda qizamiq kasalligi avj olgani sababli respublika janubida joylashgan majmuaga xavf tug‘ilgani haqida xabar bergan va shu sababli shaharda emlash tadbirlari kuchaytirilgan edi. Qozog‘istonlik epidemiologlar qizamiq bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi kuzning oxiriga to‘g‘ri kelishini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi ro‘yxatiga kiruvchi davlatlarining 17 tasida 2023 yil boshidan qizamiqqa chalinish ko‘rsatkichlari o‘sa boshlagan. Jumladan, fevral oyi so‘ngiga kelib 900 ta shunday holat ro‘yxatga olingan va bu 2022 yilga nisbatan sezilarli darajada yuqori.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing