Qozog‘istonda qat’iy karantin ikki haftaga uzaytirildi. Yangi choralar belgilandi
Olam
−
13 iyul 2020
7357Qozog‘istonda koronavirusni jilovlash uchun o‘rnatilgan karantin cheklovlari muddati ikki haftaga uzaytirilib, iyul oxirigacha davom etadigan bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ma’lum qildi.
Bundan avval 5 iyul kuni ikki haftalik qat’iy karantin o‘rnatilgan edi.
Qozog‘istonda shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shimcha choralar qabul qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari boshliq idoralararo komissiyasi qarori bilan:
Atirau va Mang‘istovga mos ravishda 102-56 tibbiyot mutaxassisini yuborish;
Bir martalik uch qavatli niqoblar narxini 118 tengedan 85 tengega tushirish belgilandi.
Ta’kidlanishicha, hududlarda harorat tushiruvchi va virusga qarshi preparatlarning bir oyga yetarli zaxirasi shakllantirilgan. Mamlakatga 3,5 mln quti dori keltirilgan.
Shuningdek, mobil guruhlar faoliyati kuchaytiriladi. Ular endi karantin vaqti marosim qilayotganlarni aniqlab, ularni to‘xtatadi va jarima soladi.
To‘qayev hukumat muhtojlarga iyul oyi uchun 42 500 tenge to‘lab berish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
LiveBarchasi