Qozog‘istonda ikki haftalik karantin joriy qilinishi kutilmoqda

Olam

image
Nazarboyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi north_east

Nazarboyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi

Qozog‘istonda joriy yilning 5 iyulidan boshlab ikki haftalik karantin e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

Prezident joriy yilning 29 iyun kuni o‘tkazgan yig‘ilishida mamlakatdagi mavjud vaziyatdan xavotirini bildirib, odamlar favqulodda holat bekor qilinganidan keyin karantin qoidalarini unutgani, shu bois kasallik keng tarqalib ketayotganini aytgandi. Ushbu yig‘ilishda Bosh bazir rahbarligidagi tegishli Davlat komissiyasiga ikki kun muddatda mart va may oylarida bo‘lgani kabi karantin rejimini joriy qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqishni buyurgandi.

Ertaga, 2 iyul kuni Qozog‘istonda idoralararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Undan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatdagi ahvol haqida axborot beradi. To‘qayevga ko‘ra, ertaga Hukumat 5 iyuldan boshlanadigan 14 kunlik karantin rejasini taqdim etadi. Balki ushbu muddat uzaytirilishi ham mumkin. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar 22 308 nafarga yetgan. Bemorlarning 188 nafari vafot etdi, 13 558 kishi sog‘aydi. 

Joriy yilning 18 iyun kuni mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ham koronavirusga chalingani haqida xabar qilingandi. Yaqin orada Nazarboyevning holati bo‘yicha ma’lumot berilmadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Koronavirus

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing