Nazarboyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning kelini Guljon Nazarboyeva vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda. 

Guljon Nazarboyeva – Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyevning rafiqasi.

Mamlakatdagi “Aysha” jamoat fondi direktori Aysha Orazboyning ta’kidlashicha, Guljon Nazarboyeva joriy yilning 29 iyun kuni vafot etgan, 30 iyun kuni dafn etilgan. U uzoq vaqtdan buyon yurak xastaligidan davolanib kelgan. Ammo o‘lim sabablari va boshqa kasalliklar haqida xabar berilmagan. 

Nazarboyevning kelini Chomalgan qishlog‘i yaqinidagi Chubarat qabristoniga dafn etilgan. Birinchi Prezidentning ota-onasi qabri ham aynan ushbu qabristonda joylashgan. Aysha Orazboyning aytishicha, karantin tufayli qabristonga hech kim kiritilmayapti. 

Bolat Nazarboyev – Elboshi Nursulton Nazarboyevning ukasi. Ochiq manbalarga ko‘ra, u "Soliqali Orpak" xayriya jamoat fondining asoschisi, BN Invest xolding rahbari. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 22 iyun kuni Nursulton Nazarboyevning qudasi – Raisa Kulibayeva ham vafot etgan edi. U Nazarboyevning kuyovi Timur Kuliboyevning onasi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning koronavirusga chalingani xabar qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

3308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing